AQSH Rossiyaning yetakchi telekanallariga sanksiya joriy qiladi

Olam

image

AQSH Rossiyaning “Perviy”, “Rossiya-1” va NTV telekanallariga nisbatan cheklov choralarini joriy qilmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabarida aytiladi.

“Qo‘shma Shtatlar davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan uchta eng mashhur rus telekanallari: “Perviy”, “Rossiya-1” va NTVga nisbatan sanksiyalar joriy qilmoqda”, deyiladi press-relizda.

O‘z navbatida, AQSH ma’muriyatining yuqori martabali vakili brifing chog‘ida cheklovlar telekanallarning uskuna va dasturiy ta’minotni sotib olishiga ta’sir qilishini aytgan.

Amerika kompaniyalariga endi mazkur telekanallarga videokamera yoki mikrofon kabi jihozlarni sotishga ruxsat berilmaydi va ushbu kanallarda AQSH kompaniyalari reklamasi taqiqlanadi. Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili AQSH kompaniyalari Rossiya bozorida 300 million dollarga reklama sotib olgandi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh sanktsiya

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing