AQSH Rossiyaning qo‘li baland keladigan tinchlikka qarshi – Blinken

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi mojaroni Rossiyaga o‘z kuchlarini tiklash va qo‘shinlarini qayta to‘plashiga imkon bermaydigan shaklda hal etish tarafdori. Bu haqda kecha, 28 mart kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Demokratiya sammiti doirasidagi Ukraina mavzusini muhokama qilish chog‘ida aytib o‘tdi. 

“Barchamizga ma’lumki, dunyo adolatli bo‘lishi uchun u BMT Nizomida mustahkamlangan suverenitet, hududiy yaxlitlik, mustaqillik tamoyillariga asoslanishi kerak. Dunyo barqaror bo‘lishi uchun Rossiya o‘z kuchlarini tiklay olmasligiga va qo‘shinlarini qayta to‘plamasligiga ishonch hosil qilish kerak”, deydi Blinken. 

AQSH bosh diplomatining ma’lum qilishicha, AQSH Ukrainada ham xuddi shunday kelishuvga erishish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash tarafdori. 

Shu bilan birga, u zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish tashabbuslari muammoning yakuniy yechimiga emas, balki mojaroni muzlatib qo‘yishga olib keladigan “tuzoq”ga aylanishi mumkin, degan fikrni bildirdi.  

“Bir qarashda o‘t ochishni to‘xtatish kabi yaxshi niyat qilingandek tuyulishi mumkin bo‘lgan, lekin aslida mojaroning muzlatilishiga olib keladigan takliflardan ehtiyot bo‘lish kerak. Bu juda bema’ni tuzoq bo‘lishi mumkin va unga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozim”, deydi Blinken. 


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Blinken Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing