AQSH Rossiyani dushman deb bilmaydi — Pentagon

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Mudofaa vazirligi vakili Jon Kirbi matbuot uchun brifingda AQSH Rossiyani “dushman” deb bilmasligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Jurnalistning “asosan Rossiyaga qarshi kurashish uchun yaratilgan NATOning “Tinchlik uchun sheriklik” dasturi a’zosi Serbiya dushman bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgani” to‘g‘risida izoh berish haqidagi so‘roviga javoban Kirbi: “Hech kim Rossiyani dushman deb atamaydi. Bu biz Rossiya uchun ishlatadigan atama emas”, deya javob berdi.

Pentagon vakili Vashington Serbiyani Tinchlik uchun Hamkorlik dasturining a’zosi sifatida qadrlashini aytdi va mashqlar bo‘yicha ehtimoliy izohlar uchun NATO bilan bog‘lanishni tavsiya qildi.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Serbiya 20 maydan 25 maygacha terrorizmga qarshi yo‘naltirilgan “Umumiy javob 2021” harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Ularda Rossiya tomonidan 200 ga yaqin harbiy xizmatchilar va 11 ta texnika ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing