AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Ro‘yxatda Zaxarova ham bor

Olam

image

AQSH Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Unga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham kiritilgan. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaning yetitta yaxta va uchta samolyoti ham kiritilgan. 

Shuningdek, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova, Qurilish vazirligi rahbari Irek Fayzullin, Bosh vazir o‘rinbosari va hukumat apparati rahbari Dmitriy Grigorenko, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov, Transport vazirlik rahbari Vitaliy Savelev hamda violonchelchi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Sergey Roldugin va uning rafiqasi Yelena Mirtova sanksiyalar ostida qolgan. 

Ushbu sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarni muzlatiladi va Amerika fuqarolari yoki kompaniyalariga ular bilan biznes yuritish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, Vashington "Severstal" kompaniyasini ham qora ro‘yxatga kiritgan. AQSH Moliya vazirligi kompaniya bilan bitimlarni joriy yil 31 avgustgacha yakunlash muddatini belgilagan. 

Cheklovlar "Severgrupp" va “Nordgold” MCHJ uchun ham qo‘llanilgan. Shunday qilib, AQSH Moliya vazirligi “Nordgold” bilan bitimlarni 1 iyulgacha yakunlash muddatini belgilagan.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing