AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Olam

image

AQSH Savdo vazirligi nazoratidagi Sanoat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha byuro Rossiyaning uchta ilmiy tadqiqot institutiga qarshi sanksiya joriy qildi. 

Bunga ular kimyoviy va biologik qurol ustida ish olib borgan bo‘lishi mumkinligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

AQSH “qora ro‘yxati”ga bu safar quyidagi tashkilotlar kiritildi:

•    Rossiya Mudofaa vazirligining 33-sonli Markaziy ilmiy-tadqiqot sinov instituti;

•    Mudofaa vazirligiga qarashli 48-sonli markaziy ilmiy-tadqiqot instituti;

•    Organik kimyo va texnologiyalar davlat ilmiy-tadqiqot instituti (OKTDITI).

Qayd etilishicha, AQSH hukumatida 33-sonli MITI va OKTDITI kimyoviy qurollar ishlab chiqarish bo‘yicha dasturga aloqadorligi haqida dalillar bor.

AQSHning kutilmaganda ilmiy-tadqiqot institutlarini “qora ro‘yxat”ga kiritishiga rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning Tomskda zaharlangani ham turtki bo‘ldi.

Aleksey Navalniy davolanayotgan Berlindagi Charite klinikasi shifokorlari u zaharlanganini ma’lum qildi. Ular zaha qaysi turga oidligi aniqladi, ammo aynan qanday modda ekanini hozircha bilolmadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya sanktsiya

Baholaganlar

241

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing