AQSH Rossiya va KXDRga yangi sanksiyalar kiritdi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Shimoliy Koreya kompaniyalari va jismoniy shaxslariga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda kecha, 16 sentyabr kuni AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. 

Yangi cheklovlar, xususan, KXDRdan kelgan banklar, generallar va boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek, neft tashuvchi Rossiya kompaniyalarini o‘z ichiga olgan. Sanksiyalarning asosiy maqsadi Pxenyanning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlashini to‘xtatish va Shimoliy Koreyaning moliyaviy faoliyatiga zarba berishdir.

O‘nta davlat va Yevropa Ittifoqi Shimoliy Koreyaning Ukrainadagi urushdagi ishtirokini qoraladi

16 dekabr kuni AQSH Davlat departamenti veb-saytida e’lon qilingan qo‘shma bayonotda o‘nta davlat va Yevropa Ittifoqi
KXDR va Rossiya o‘rtasidagi o‘sib borayotgan harbiy hamkorlik, jumladan, Shimoliy Koreya askarlarining Ukrainaga qarshi jang maydonida foydalanish uchun Rossiyaga yuborilishini qoraladi.

Imzolovchilarga ko‘ra, Pxenyanning Ukrainadagi urushga qo‘shilishi Yevropa va Hind-Tinch okeani xavfsizligi uchun jiddiy oqibatlarga olib keladigan mojaroning xavfli kengayishini bildiradi.

Hujjatni Germaniya, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, AQSH Tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqi vakili imzoladi. Ular, shuningdek, Shimoliy Koreyaning noqonuniy qurol dasturlari, jumladan, ommaviy qirg‘in qurollari bo‘yicha Rossiyaga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday siyosiy, harbiy yoki iqtisodiy yordamidan chuqur xavotirdaligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uchun 15-sanksiya paketini ma’qullagandi. Yevropa Ittifoqining oliy vakili Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, yangi sanksiyalar paketining qabul qilinishi YeIga a’zo davlatlarning Ukrainani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashda birligini ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya KXDR sanktsiyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing