AQSH Rossiya–Ukraina urushidan oldingi ko‘rsatkichga erishdi
Olam
−
30 noyabr 2022
7924Kecha, 29 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden mamlakatdagi benzin narxi Rossiyaning Ukarinaga urush boshlashidan avvalgi ko‘rsatkichga qaytganini ma’lum qildi. Bu haqda Janob Bayden o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozgan.
Ta’kidlanishicha, benzin fevral oyidagi narxga tushgan. Ya’ni bir gallon (3,79 litr) benzin narxi eng yuqori ko‘rsatkichdan 1,5 dollargacha pasaygan.
Qo‘shma Shtatlar Prezidenti bu natijaga erishish uning asosiy majburiyatlaridan biri bo‘lgani va benzin narxi tushishi orqali Amerikadagi oilalarning hayoti sezilarli darajada osonlashishini qayd etgan.
Joriy yilning mart oyi oxirida Bayden mamlakatda benzin narxini pasaytirish uchun olti oy davomida AQSHning strategik milliy zaxirasidan kuniga 1 million barrel neftni bozorga chiqarishini e’lon qildi. “Reuters” axborot agentligining qayd etishicha, tarixdagi eng yirik neft hajmining bozorga chiqishi fonida AQSHdagi strategik zaxiralari sentyabr oyida 434,1 million barrelgacha qisqargan. Bu 1984 yildan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
LiveBarchasi