AQSH Rossiya tufayli Minuteman III ballistik raketasi sinovini bekor qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya bilan yadroviy sohadagi munosabatlar keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Minuteman III qit’alararo ballistik raketasi sinovini bekor qildi. Bu haqda “Reuters” AQSH Harbiy-havo kuchlari vakiliga tayanib xabar bergan.  

Dastlab, raketa sinovi joriy yilning 3 martiga belgilangan edi. Biroq, 2 mart kuni harbiylar sinovni keyinga surgani ma’lum bo‘ldi. 

“Bu Qo‘shma Shtatlar noto‘g‘ri tushunilishi yoki noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatga kirishish niyatida emasligini ko‘rsatish uchun qilingan”, degan Pentagon vakili Jon Kirbi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington AQSH “mas’uliyatli yadroviy davlat” ekanini namoyish qilmoqchi. Kirbi shuningdek, ushbu “tarang vaqtda” AQSH va Rossiya “noto‘g‘ri tushunish xavfini yodda tutishi va bu xavfni kamaytirish uchun choralar ko‘rishi” kerakligini qo‘shimcha qilgan. 

“Hozir Minuteman III sinovi bekor qilindi”, deydi AQSH Harbiy havo kuchlari vakili Enn Stefanek. 

Qayd etilishicha, navbatdagi ballistik raketa sinovi shu yil oxirida bo‘lib o‘tadi. 

Minuteman III qit’alararo ballistik raketasi AQSH strategik qurollarining asosiy elementi hisoblanadi. Raketa 9,6 ming kilometrdan ortiq parvoz masofasiga ega va taxminan 24 ming kilometr/soat tezlikda harakatlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh raketa

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing