AQSH Rossiya neftini tashuvchi BAA kompaniyasini jazoladi
Olam
−
19 yanvar
4073AQSH Moliya vazirligi Birlashgan Arab Amirliklarining Hennesea Holdings yuk tashish kompaniyasi va uning 17 ta tankeriga Rossiya neftini bir barrel uchun 60 dollarlik belgilangan narxga rioya qilmay tashigani uchun sanksiya qo‘lladi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, quyidagi kemalar cheklovlarga duchor bo‘lgan: Aristo, Hai II, HS Arge, HS Buraq, HS Esberg, HS Everett, HS Glory, HS Legend, HS Star, La Pride, Mona, Nellis, Osperous, Peria, Sara II, Sensus, Uze. Ularning barchasi Liberiya bayrog‘ini ko‘tarib, Hennesea Holdings operatori bilan bog‘langan.
“Narxlar chegarasi kuchga kirishidan biroz oldin, 2022 yil oxirida tashkil etilgan Hennesea Holdings Rossiya nefti va neft mahsulotlarini tashuvchi eski tankerlarni sotib olgan. Ushbu kompaniyaga tegishli tankerlar Rossiya portlariga tez-tez boradi”, deyiladi AQSH Moliya vazirligi bayonotida.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Hennesea HS Atlantica tankerining yakuniy foyda oluvchisi bo‘lib, u 2023 yil 1 dekabrda Rossiya neftini barreliga 60 dollardan yuqori narxda tashish uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
“Bugungi harakatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, narx chegarasini buzgan har bir kishi jazolanadi. Koalitsiyamizning Kremlga yordam berayotganlarni to‘xtatish qaroriga hech kim shubha qilmasligi kerak”, deydi AQSH Moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyemo.
LiveBarchasi