AQSH Rossiya mudofaa sohasi rahbarlariga sanksiya kiritdi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti kecha, 14 mart kuni Rossiya mudofaa sektorining yuqori martabali 11 vakiliga sanksiya e’lon qildi

“Qora ro‘yxat”ga tushganlar orasida Milliy gvardiya boshlig‘i Viktor Zolotov, Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat (HTHFX) direktori Dmitriy Shugayev, “Rosoboroneksport” bosh direktori Aleksandr Mixeyev, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining sakkiz nafar o‘rinbosari bor.

“Dunyo Rossiyaning Ukrainaga qarshi oldindan o‘ylab va asossiz hujum uyushtirganini dahshat bilan kuzatmoqda. Bugun Davlat departamenti Rossiya mudofaa sanoati rahbarlariga og‘ir yuklarni yuklashda davom ettiradi. Rossiya Federatsiyasining mudofaa va iqtisodiyotning tegishli sektorida harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan yoki faoliyat yuritgan quyidagi 11 shaxs [sanksiya] ro‘yxatiga kiritildi”, deyiladi e’lon qilingan xabarda.

Shuningdek, Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosarlari Aleksey Krivoruchko, Timur Ivanov, Yunus-Bek Yevkurov, Dmitriy Bulgakov, Yuriy Sadovenko, Nikolay Pankov, Ruslan Salikov va Gennadiy Jidkoga ham sanksiyalar kiritilmoqda.

Hujjatda aytilishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi Qo‘shma Shtatlardagi aktivlarni muzlatish va Amerika fuqarolari yoki kompaniyalariga ushbu shaxslar bilan biznes yuritishni taqiqlashni anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing