AQSH Rossiya diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yubormoqchi

Olam

image

AQSH hukumati Rossiyaga joriy yilning 3 sentyabrgacha Amerikani tark etishi kerak bo‘lgan 24 nafar rossiyalik diplomat ro‘yxatini topshirdi. Bu haqda Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov “The National Interest” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Antonov ushbu holatni AQSH Davlat departamenti 2020 yilning dekabr oyida rossiyalik diplomatlarning xizmat safarini uch yillik muddat bilan cheklab qo‘ygani bilan izohlagan. Rossiya elchisining ta’kidlashicha, ushbu diplomatlarning o‘rniga boshqalarini olib kelish mumkin emas, chunki Amerika rasmiylari viza berish tartibini kuchaytirgan.

Elchiga ko‘ra, AQSH hukumati “hech qanday sabab ko‘rsatmasdan” diplomatlarning turmush o‘rtog‘i va farzandlarining vizalarini bekor qila boshlagan.

“Muddati tugagan vizalarning uzaytirilishini kechiktirish holatlari ham Rossiya diplomatik xodimlarini mamlakatdan siqib chiqarishga qaratilgan. Natijada, mening 60 ga yaqin hamkasbim (oila a’zolari bilan birga 130 kishi) xatto favqulodda gumanitar vaziyatlarda ham o‘z vataniga qayta olishmaydi”, deydi Antonov.

Aprel oyida Vashington “Rossiya hukumati va razvedka xizmatlarining AQSH suvereniteti va manfaatlariga qarshi” harakatlariga javoban Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etgan. O‘shanda AQSH o‘n nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishini e’lon qilgan. Amerika hukumatining fikricha, elchixona xodimlarining bir qismi Rossiya maxsus xizmatlarida ishlagan.

"Rossiya diplomatlarini AQSHdan chiqarib yuborilishi hech kimga foyda keltirmaydi, tenglikka asoslangan yechimlar kerak. Ishonamizki, buni qilishning eng oson va tezkor usuli diplomatlar faoliyatini cheklaydigan choralarni butunlay bekor qilishdir”, deydi elchi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington o‘z foydasini ko‘zlab, bunday yechimga rozi bo‘lmaydi. Xuddi shu narsa Rossiya Federatsiyasining San-Fransisko va Sietldagi majburiy yopilgan konsulliklarini qayta tiklash masalasiga ham tegishli.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing