AQSH gapiga kirmayotgan Turkiyani qo‘rqitib qo‘ymoqchi
Olam
−
25 noyabr 2023
25330AQSH Moliya vazirining terrorizmga qarshi kurash va moliyaviy razvedka bo‘yicha maslahatchisi Brayn Nelson kelasi hafta Turkiyaga tashrif buyurib, mavqedoshi bilan Amerikaning HAMAS va Rossiya tashkilotlariga qarshi sanksiyalarini muhokama qiladi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
“Brayn Nelson Turkiyadan Rossiyaning qator tashkilotlari va HAMASning moliyaviy faoliyatiga qarshi bir tomonlama AQSH sanksiyalariga rioya qilishni so‘raydi”, deyiladi xabarda.
Qayd etish joizki, o‘tgan oyda Qo‘shma Shtatlar turkiyalik sanksiya qo‘llanilgan shaxslar ro‘yxatini kengaytirgan. AQSH Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu odamlar HAMAS a’zolar uchun niqob bo‘lib xizmat qilgan.
Shuningdek, manbalarga ko‘ra, Nelson Turkiya vakillaridan Rossiyaning bir qator kompaniyalariga nisbatan AQSH sanksiyalariga rioya qilishni talab qiladi. Ta’kidlanishicha, Vashington shu paytgacha Rossiyaga cheklovlarni chetlab o‘tishda yordam bergani uchun o‘nga yaqin turk firmalari va ayrim shaxslarga nisbatan ham sanksiyalar joriy qilgan.
Shuningdek, AQSH bir qator turk shirkatlarini G‘arb moliya tizimi bilan aloqalarini buzishi mumkin bo‘lgan jazolar qo‘llashi haqida ogohlantirgan.
Bundan tashqari, Vashington Turkiya portlarida to‘xtaydigan Rossiya kemalari va Turkiya aeroportlarida yer xizmatini qabul qiluvchi Rossiya aviatashuvchilariga nisbatan joriy etilgan AQSHning bir tomonlama sanksiyalariga Anqara qo‘shilmaganidan xavotir bildirgan.
"Turkiya BMTning Rossiyaga qarshi cheklovlariga amal qilmoqda, biroq “bir tomonlama jazo choralarini” qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortmoqda, chunki bu Anqaraning Ukraina inqirozida Moskva va Kiyev o‘rtasida vositachilik qilish harakatlarini murakkablashtiradi", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, AQSH Rossiya neftini dengiz orqali tashishda davom etayotgan Gretsiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgan. Qora ro‘yxatga tushib qolish xavfi tufayli Gretsiyaning uchta yirik kompaniyasi allaqachon bunday xizmatlarni taqdim etishdan bosh tortgan.
LiveBarchasi