AQSH prezidentligiga yana bir nomzod rasman e’lon qilindi

Olam

image

AQSHning Florida shtati gubernatori Ron Decantis prezidentlikka rasman nomzodini qo‘ydi. U ham AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp singari o‘z nomzodini respublikachilar partiyasidan ilgari surmoqda.

“Men Amerikaning buyuk qaytishiga rahbarlik qilish uchun prezidentlikka nomzodimni qo‘ydim”, deb yozadi u o‘z Twitter sahifasida.

Decantis kecha, 24 may kuni 2024 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidenti saylovida ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirgan. Tegishli ma’lumotlar Amerika federal saylov komissiyasining veb-saytida e’lon qilingan.

44 yoshli Ron Desantis Respublikachilar partiyasi vakili va sobiq prezident Donald Tramp bilan oliy davlat lavozimiga nomzodini ko‘rsatish uchun kurashadi. Shuningdek, Donald Tramp Ron Desantisni AQSH prezidentligiga nomzodini e’lon qilgani bilan shaxsan tabriklagan.

AQSHda 2024 yilning noyabriga prezidentlik saylovi bo‘lishi belgilangan. Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp o‘z nomzodini 2022 yil noyabrida e’lon qildi. AQSHning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli ham Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani, huquqshunos va siyosatchi kichik Robert Kennedi 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini ko‘rsatishini aytdi. Respublikachilardan Florida gubernatori Ron Desantis, sobiq vitse-prezident Mayk Pens, Demokratlardan esa vitse-prezident Kamola Xarris, transport kotibi Pit Buttijich, senator Berni Sanderslar ham prezidentlik saylovida qatnashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Florida shtati gubernatori Ron Desantis iyun oyiga qadar navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini e’lon qilishni rejalashtirayotganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh saylov Ron Decantis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing