AQSH Rossiya yaqiniga qo‘shimcha askarlar jo‘natyapti

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Polshaga ikki ming askarini jo‘natmoqda. Dastlab, u yerga mingga yaqin Amerika harbiysi borishi taxmin qilingan edi.

Tegishli bayonot Polsha Prezidenti Anjey Dudaning AQSHga tashrifi oldidan “Gazeta Prawna” nashrida chop etildi. Ta’kidlanishicha, Duda Amerika rahbari bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

"Mamlakatimizga ikki mingga yaqin amerikalik harbiy kelishi kerak. Ular taxmin qilganganidek mingga yaqin emas. Hozir Germaniyada bo‘lgan AQSH armiyasining beshinchi korpusi qo‘mondonligi ham qayta ishlaydi", deyiladi nashrda.

Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Polshaga Amerikaning qirqqa yaqin F-16 qiruvchi samolyotini ko‘chirmoqchi.

Vashington va Varshava, shuningdek, foydalanilgan beshta S-130 Hercules transport samolyotini topshirish bo‘yicha kelishuvga erishishi kutilmoqda. Yaqin kelajakda Polsha AQSHdan jangovar vertolyotlar sotib olishi mumkin.

Ayni vaqtda Polsha hududida taxminan besh ming amerikalik harbiy bor.

Polsha NATOga a’zo davlatlardan bo‘lib, u Rossiyani imperializmda ayblab keladi. Shu bois iqtisodiy va ayniqsa, harbiy masalalarda AQSHga suyanadi. Rossiya esa, o‘z navbatida, Polshaning "biqinida" joylashgan Kaliningrad anklavida so‘nggi paytlarda harbiy texnikalari sonini oshirib bormoqda. Bunga yaqinida u yerda joylashtirilgan "Iskandar" havo mudofaasiga qarshi raketalarini misol qilib keltirish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pol'sha

Baholaganlar

444

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing