AQSH Oliy sudi sudyasi vafot etdi. Uning lavozimi Trampga nasib qilishi mumkin

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Oliy sudining eng keksa a’zosi, 87 yoshli Rut Beyder Ginzburg 18 sentyabr kuni kechasi vafot etdi. O‘limiga saraton kasalligi sabab bo‘lgan. Bu haqda sud hokimiyatining keng tarqalgan bayonotida aytildi.

"Sudya Rut Beyder Ginzburg Vashington shahridagi uyida, oshqozon osti bezi saratonining asoratlari tufayli vafot etdi", deyiladi hujjatda. 

Ginzburg AQSH tarixida Oliy sud sudyasi bo‘lgan ikkinchi ayol edi. U bu lavozimda 27 yildan ortiq ishlagan. So‘nggi yillarda uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar yuz bergan.

AQSH Oliy sudi sudyasi vafotidan so‘ng, uning o‘rniga umrbod tayinlanadigan nomzodni saylash kerak. Bu respublikachi Prezident Donald Trampga o‘z nomzodini lavozimga qo‘yish imkoniyatini ochib beradi. Hozir Amerika Qonun chiqaruvchi organining Yuqori palatasi ham respublikachilar tomonidan nazorat qilinadi.

Xabarlarga ko‘ra, o‘limidan bir necha kun oldin liberal va taraqqiyparvar jamoatchilikning kumiri bo‘lgan Ginzburg nabirasiga prezidentlik saylovlariga qadar yashashni juda xohlayotganini aytgan. Bunga sabab qilib, u vafot etgan taqdirda boshqa Prezident bo‘sh lavozimni egallashi kerakligini ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Respublikachi Trampga demokrat Jozef Bayden raqiblik qiladi. Vitse-prezidentlik uchun Maykl Pens va Kamola Xarris bellashadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Oliy sud

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing