AQSH Ochiq osmon shartnomasiga qaytish borasida javob berdi 

Olam

image

AQSH Ochiq osmon shartnomasiga qaytish masalasini o‘rganmoqda. Bu haqda AQSH Davlat departamenti vakili Ned Praysga asoslanib xabar berilgan. 

"Biz bu masalani o‘rganyapmiz, vaqti kelganda qaror qabul qilamiz", degan Prays. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni Rossiya hali ham kelishuvga to‘liq rioya qilmasligini biladi. 

Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RF hali Ochiq osmon shartnomasidan chiqish jarayonini boshlamaganini aytib, agar AQSH shartnomani amalga oshirishga to‘liq qaytadigan bo‘lsa, unda Moskva ham bu yangi vaziyatni konstruktiv ravishda ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgandi. 

Ochiq osmon shartnomasi 1992 yil 24 martda Xelsinkida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YeXHT) a’zo 23 ta davlat vakillari tomonidan imzolangan. 

2020 yil 22 noyabr kuni AQSH Ochiq osmon shartnomasidan chiqib ketdi. Rasmiy Vashington o‘zining xatti-harakatini Rossiya tomoni kelishuv shartlarini bajarmayotgani bilan izohlagan.  

Joriy yilning 15 yanvar kuni esa Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Ochiq osmon shartnomasidan chiqishini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing