AQSH noqonuniy migratsiyaga ko‘mak beruvchi shaxslarni jazolaydi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti noqonuniy migratsiyaga yordam beruvchi sayyohlik agentliklari va turoperatorlari rahbarlariga nisbatan viza cheklovlari joriy etdi. Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, bundan buyon Qo‘shma Shtatlarga kirishga urinayotgan noqonuniy muhojirlarga xizmat ko‘rsatuvchi sayyohlik agentliklari va turoperatorlar rahbarlariga ham viza cheklovlari tatbiq etiladi.

“Biz ushbu kengaytirilgan siyosatni yo‘lga qo‘yar ekanmiz, G‘arbiy yarimsharda va undan tashqarida ekspluatatsiya qilish amaliyotiga barham berish bo‘yicha yanada kengroq kampaniyamiz doirasida, hukumat va xususiy sektordagi sheriklar bilan hamkorlikda transport kompaniyalarining insofsiz rahbarlariga qarshi viza cheklovlaridan foydalanishda davom etamiz. Hech kim – kontrabandachilar ham, xususiy kompaniyalar ham, davlat amaldorlari ham, boshqa har kim ham zaif migrantlardan foyda ko‘rmasligi kerak”, deyilgan bayonotda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden Shtatlarda qonuniy maqomga ega bo‘lmagan yuz minglab muhojirlarga potensial fuqarolikni taklif qilish bo‘yicha keng ko‘lamli saylov aksiyalarini o‘tkazishni buyurgandi. 

Unga ko‘ra, fuqarolikni qo‘lga kiritish uchun immigrant AQSHda kamida 10 yil yashagan hamda AQSH fuqarosi bilan turmush qurgan bo‘lishi kerak. Agar muhojir yuqoridagi talablarga javob bersa, ularning arizasi qabul qilinadi va uch yil davomida Green Card’ga ariza topshiradi. Shu vaqt davomida muhojir vaqtinchalik ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘ladi, shuningdek, deportatsiyadan himoyalanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh viza noqonuniy migratsiya Toshkent elchixonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing