AQSH nega Yevropaga qo‘shimcha kuch kirityapti?

Olam

image

AQSHning Sharqiy Yevropa davlatlariga qo‘shimcha harbiy kuchlarni joylashtirishi aniq bir razvedka ma’lumoti yoki muhim hodisa bilan aloqador emas. Bu haqda AQSH Prezidenti Matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi.  

“Bu qaror oxirgi 48 soat yoki bir necha kun ichida sodir bo‘lgan voqea munosabati bilan qabul qilingan deb o‘ylamagan bo‘lardim. Biz bir necha haftadan beri bu harbiylar joylashgan mintaqadagi ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan maslahatlashmoqdamiz”, deydi u. 

Psakining ta’kidlashicha, AQSH Prezidenti Jo Bayden avvalroq Amerika tomoni “har qanday tajovuzning oldini olish va undan himoyalanish uchun kuchlar muvozanatini to‘g‘rilashga” tayyorligini aytgan edi. 

“Rossiya Federatsiyasining Ukraina atrofida vaziyatni yumshatish bo‘yicha mumkin bo‘lgan qadamlari Amerikaning Yevropadagi harbiy mavjudligi darajasi bo‘yicha AQSH qarorlariga ta’sir qiladi. Shubhasiz, agar Rossiya keskinlikni pasaytirishga qaror qilsa va vaziyatni yumshatish uchun qadamlar qo‘ysa, bu mintaqaning ushbu qismida kuchlar muvozanati qanday bo‘lishi kerakligiga ta’sir qiladi. Agar (Rossiya Prezidenti Vladimir) Putin keskinlikni pasaytirish choralarini ko‘rsa, bu bizning hisob-kitoblarimizga ta’sir qiladi”, deya qo‘shimcha qilgan u. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 fevral kuni Pentagon yaqin orada Germaniyadan Ruminiyaga 1000 ga yaqin amerikalik askarni, shuningdek, AQSHdan Germaniya va Polshaga yana 2000 ga yaqin askarni joylashtirish niyati borligini e’lon qildi. 

So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Evropa

Baholaganlar

168

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing