AQSH NATOning Yevropadagi bazalariga atom bombalarini joylashtirishni tezlashtirmoqchi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yevropada yangilangan B61-12 taktik bombalarini NATOning qit’adagi bazalariga dekabr oyi boshida yetkazib berishni tezlashtirishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 27  oktyabr kuni “Politico” gazetasi diplomatik aloqa va manbalarga tayanib xabar berdi. 

Nashrning yozishicha, NATOning Bryusseldagi yopiq yig‘ilishida AQSH rasmiylari bombalar rejalashtirilgan vaqtdan erta yetib borishini aytgan. Dastlabki rejaga ko‘ra, ular Yevropada 2023 yilning bahorida joylashtirilishi kerak edi. 

Pentagon va Davlat departamenti rasmiylari uchun yozilgan diplomatik hujjatda aytilishicha, Rossiyaning yadroviy ritorikasi kuchayib borayotgan bir paytda, ba’zi ittifoqchilar NATO doirasida doimiy tayyorgarlik va izchil xabar almashishni ta’minlash uchun maslahatlashuvlarni davom ettirishni so‘rashgan. 

O‘z navbatida, Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder nashrga Qo‘shma Shtatlar yadro arsenali masalasini batafsil muhokama qilmoqchi emasligi va B61 dasturi doirasida modernizatsiya ko‘p yillardan buyon davom etayotganini ta’kidladi. 

“Anchadan beri rejalashtirilgan modernizatsiya harakatlari sifatida” eski qurollar zamonaviyroqlari bilan almashtirilmoqda. Buning Ukrainadagi hozirgi voqealarga aloqasi yo‘q va tezlashtirilmagan”, deydi Patrik Rayder. 

Biroq, “Politico”ning fikricha, Vashingtonning Yevropa omborlaridagi qurollarni potensial foydalanish uchun almashtirish haqidagi qarori G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan fonda sodir bo‘lmoqda. 

B61-12 bombasi haqida

Atom zaryadining portlashi bilan birga bo‘lmagan B61-12 ning birinchi sinovi 2015 yil 1 iyulda AQSHda bo‘lib o‘tdi. Amerika olimlari federatsiyasining yadroviy axborot loyihalari direktori Gans Kristensen shu munosabat bilan OAV bilan suhbatda Qo‘shma Shtatlar o‘z arsenalida birinchi boshqariladigan atom bombasini yaratayotganini aytdi. B61-12 bombasini Amerikaninig beshinchi avlod F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari tashishi mumkin.

2021 yil dekabr oyida Qo‘shma Shtatlar yangilangan B61 atom bombasining birinchi ishlab chiqarish namunasini chiqardi. Amerika rasmiylarining rejalariga ko‘ra, u 1968 yilda foydalanishga topshirilgan B61 o‘q-dorilarining to‘rtta mavjud modifikatsiyasidan uchtasini almashtiradi. Milliy Yadro xavfsizligi boshqarmasi yangilash bombaning xizmat qilish muddatini kamida 20 yilga oshirishini ta’kidladi.  

B61-12 bombasi avvalgisidan, xususan, parashyutning yo‘qligi va foydalanishning aniqligini oshiradigan inertial boshqaruv tizimiga ega yangi quyruq qismining mavjudligi bilan ajralib turadi. 

Rossiya AQSHning bu niyatlari ochiqdan-ochiq provokatsion ekanligini va ularning to‘liq yadroviy qurolsizlanish istagi haqidagi bayonotlariga zid ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing