AQSH Mudofaa vaziri “NATO 3.0”ni tashkil qilishga chaqirdi
Olam
−
19 iyun 3614 2 daqiqa
Pentagon rahbari Pit Xegset Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO mamlakatlari mudofaa idoralari rahbarlarining uchrashuvida alyansni tanqid qildi va tashkilotni qayta ishga tushirishga – “NATO 3.0”ni yaratishga chaqirdi. Bu haqda NBC xabar berdi.
“Bu haqiqiy qayta ko‘rib chiqish bo‘ladi. U NATO tez fursatda va ortga qaytmas tarzda Yevropa qit’a mudofaasi uchun yetakchilik rolini va asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan modelga o‘tishini kafolatlashga qaratiladi”, deydi uchrashuvda Xegset.
Uchrashuv davomida Pentagon rahbari Eron bilan bog‘liq vaziyat tufayli ittifoqchilarni keskin tanqid ostiga olgan. Shundan so‘ng Xegset 32 ta davlatni birlashtirgan tashkilotni har qanday tahdidni tiyib turishga qodir bo‘lgan “NATO 3.0”ga aylantirish uchun uni qayta ishga tushirishga chaqirgan.
“NATO 3.0” – bu sovuq urush tugaganidan keyin alyans o‘z mohiyatiga qaytishi zarurligini tan olish demakdir. Ya’ni, bu yerda, Yevropa qit’asida tahdidlarni tiyib turish uchun real harbiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan hamda Yevropaning an’anaviy mudofaasida mustaqil ravishda yetakchilik rolini o‘z zimmasiga olishga qodir haqiqiy qat’iy harbiy ittifoqqa aylanishdir”, deydi Xegset.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan NATO davlatlari ro‘yxatini tuzgani va ularga ta’sir o‘tkazish choralarini ko‘rayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi