AQSH milliy gvardiyasi Minneapolis shahrini qanday “tozalayotgani” videosi e’lon qilindi
Olam
−
01 iyun 2020
15140Avvalroq, AQSHda qora tanli odamni politsiya tomonidan o‘ldirilishi ortidan butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. Xususan, Minneapolis shahrida komendantlik soati joriy qilinib, u yerda Milliy gvardiya qo‘shinlari kiritildi. Tarmoqda ushbu shaharni harbiylar qay tarzda odamlardan "tozalayotgani" videosi e’lon qilindi.
Xususan, Twitter'da joylashtirilgan videoda bir qancha askar ko‘chada yurib, barchaga o‘z uylariga kirishni buyurgani aks etgan. Bir necha kishi, shu jumladan video muallifi ichkariga kirmayotganini ko‘rib, harbiylar ularga bir nechta o‘q uzgan. Shundan so‘ng video muallifi va uning yaqinlari uyga yashirinishga majbur bo‘lishgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, otishmada o‘q-dorilar o‘rniga bo‘yoqlar ishlatilgan.
Share widely: National guard and MPD sweeping our residential street. Shooting paint canisters at us on our own front porch. Yelling “light em up” #JusticeForGeorgeFloyd #JusticeForGeorge #BlackLivesMatter pic.twitter.com/bW48imyt55
— Tanya Kerssen (@tkerssen) May 31, 2020
Post muallifining aniqlik kiritishicha, otishma Minneapolisdagi Uayt mintaqasida amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHdagi namoyishlar Jorj Floyd ismli qora tanli odamni politsiya tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilganidan keyin boshlangan. Voqea joyida olingan videoda Floyd bir necha bor nafas ololmayotganini, so‘ngra tinchlanib qolishi aks etgan. Floyd reanimatsiyada vafot etgan. Tartibsizliklar boshlanganidan keyin to‘rt nafar politsiyachi ishdan bo‘shatildi, ulardan biri hibsga olingan.
Tartibsizliklar Oq uygacha yetib borgan. Odamlar Prezident qarorgohi oldida namoyishlar o‘tkazishgan. Shuningdek, mamlakat Prezidenti Donald Tramp Minneapolisda anarxiya vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi