AQSH Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga sanksiya joriy qilmoqchi

Olam

image

AQSH G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishda Rossiyaga yordam bergani uchun Qirg‘izistonga nisbatan jazo choralarini tayyorlamoqda. Bu haqda “The Washington Post” AQSH ma’muriyatidagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Bishkekka nisbatan cheklov choralari iyul oyidayoq joriy etilishi mumkin. Manbalar gap qanday choralar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

“Rossiyaning Ukrainaga bosqini va keyingi sanksiyalardan so‘ng Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasi g‘ayritabiiy darajada o‘sdi”, deyiladi nashrda e’lon qilingan ma’lumotda.

Taxminlarga ko‘ra, Qirg‘izistondan Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilish taqiqlangan mahsulotlar masalan, dronlar eksport qilingan.

Qirg‘izistonning AQSHdagi elchixonasi izoh uchun “The Washington Post” bilan bog‘lanib, Bishkek noqonuniy savdoga qarshi kurashayotganligiga ishontirishga uringan. Diplomatik missiya Rossiya bilan tovar ayirboshlashning o‘sishini, jumladan, chegaradan o‘tayotgan tovarlarni kuzatish tizimini takomillashtiryapti.

Shuningdek, elchixona Rossiya Qirg‘izistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri bo‘lib, mamlakat hududida bir millionga yaqin Qirg‘iziston fuqarolari istiqomat qilayotganini eslatgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh sanktsiya Qirg'iziston Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing