AQSH Markaziy Osiyo bilan ISHIDga qarshi kurashadi. Bunda O‘zbekistonning roli nimadan iborat?

Olam

image

AQSH boshchiligidagi ISHID terrorchilik guruhiga qarshi kurash koalitsiyasi Markaziy Osiyo respublikalari bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kecha, 8 iyun kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida AQSH davlat kotibi Entoni Blinken ishtirokida koalitsiyaning vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Bu haqda uchrashuv yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma kommyunikega tayanib TASS xabar berdi.

Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Tojikiston va O‘zbekistonni kuzatuvchi sifatida ishtirok etishiga kelishib olingan.

“Vazirlar Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Tojikiston va O‘zbekistonning kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini olqishladi. Shuningdek, tomonlarning aksilterror salohiyatini kuchaytirish maqsadida koalitsiya a’zolarining Markaziy Osiyo bilan o‘zaro hamkorligini oshirish zarurligini ta’kidladi”, deyiladi hujjatda. 

Boshqa hech qanday tafsilotlar keltirilmagan.

O‘tgan hafta AQSHning ISHIDga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari Yan Makkeri koalitsiya Markaziy Osiyodagi hamkorlari bilan ularga terrorchilarni aniqlash va to‘xtatish hamda terorristik guruhni Afg‘onistondan tarqalishining oldini olishda yordam berish uchun ishlayotganini aytgan edi. Unga ko‘ra, mintaqa bilan hamkorlikni mustahkamlash yaqin yillarda koalitsiya uchun asosiy maqsadga aylanadi.

Ma’lumot uchun, ISHIDga qarshi xalqaro koalitsiya 2014 yil 4-5 sentyabr kunlari Uelsda (Buyuk Britaniya) o‘tkazilgan NATO sammitida AQSH tashabbusi bilan tuzilgan edi. Assotsiatsiyaga Afrika, Osiyo, Yevropa va Amerikaning ayrim mamlakatlari kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh IShID

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing