AQSH mamlakatdagi noqonuniy migrantlarga keskin chora ko‘rmoqchi — OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden AQSH hukumatiga chegaradan noqonuniy o‘tgan oilalarni darhol deportatsiya qilishga imkon beradigan immigratsiya siyosatini qaytarish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda “Axios” xabar bergan.  

Manbaga ko‘ra, shu hafta AQSH Milliy xavfsizlik vazirligi muhojirlarni tezkor deportatsiya qilish masalasini o‘rganishi mumkin. Qayd etilishicha, Oq uyning ba’zi maslahatchilari ushbu usulni chegaralarni noqonuniy buzuvchilarga qarshi vosita sifatida tavsiya qiladi. 

AQSH ma’muriyati vakiliga ko‘ra, bu masala bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilinmagan. 

“Odil va tartibli immigratsiya tizimini yaratish uchun turli xil variantlar ko‘rib chiqilmoqda”, deb ta’kidlagan u. 

Eslatib o‘tamiz, immigratsiya borasida Bayden prezidentligining birinchi 100 kunligida keng qamrovli islohotlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini Kongressga yetkazishga va’da bergan edi va ushbu loyiha fevral oyida omma e’tiboriga e’lon qilingandi. Bayden, shuningdek, Milliy xavfsizlik kotibiga ota-onalari tomonidan AQSHga olib kelingan yosh muhojirlarning himoyasini “saqlash va mustahkamlash” bo‘yicha vazifa qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh migrant

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing