AQSH ma’muriyati shu yil kuzda Si Szinpinning Floridaga borishini kutyapti
Olam
−
20 iyun 2023
4675AQSH ma’muriyati Xitoy rahbari Si Szinpin va AQSH Prezidenti Jo Bayden joriy yilning noyabr oyida Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni kutmoqda. Buni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken CBS telekanaliga bergan intervyusida tasdiqladi.
“Shu kuzda San-Fransiskoda o‘tkazilayotgan APEC yig‘ilishlarida uchrashish imkoniyati bor”, degan Blinken Si Szinpin va Jo Bayden o‘rtasidagi yangi yuzma-yuz muzokaralar istiqbollarini izohlar ekan.
Baydenning Xitoyga tashrifi ehtimoli haqidagi savolga AQSH Davlat kotibi shunday javob bergan:
“Hech qachon – hech qachon demang. Biroq biz boshidan – barqaror yuqori darajadagi hukumat ishtirokiga qaytishdan boshlashimiz kerak”.
Ma’lumot uchun, APEC sammiti shu yilning 15-17 noyabr kunlari San-Fransiskoda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bayden va Si Szinpin oxirga marta o‘tgan yilning 14 noyabrida Indoneziyaning Bali orolida G20 sammiti doirasida uchrashgan. Ular orasida o‘tgan 3 soatlik muloqot davomida davlat rahbarlari Ukrainadagi urush, Tayvan, Gonkong va Shinjon muammolarini, shuningdek, jahon miqyosidagi o‘zaro raqobatni muhokama qildi.