AQSH ko‘magida O‘zbekistonda Yashil vodorod xabi tashkil etiladi 

Jamiyat

image

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi USAID O‘zbekistonning toza energiya maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbus – Yashil vodorod xabini yaratishni taqdim etdi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, xab mintaqaning kelajakdagi energetika landshaftini shakllantirish va O‘zbekistonning “Qayta tiklanuvchi va vodorod energiyasini rivojlantirish strategiyasi”ga hissa qo‘shish uchun energiya sektori xodimlarining yangi texnologiyalar bo‘yicha malakasini oshirishga yordam beradi.

“USAID Markaziy Osiyo davlatlarini toza energiya va energetikaning boshqa ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlashga sodiqdir. Bu shunchaki maqsad emas, balki zarurat hamdir. Biz barqaror kelajak toza va samaraliroq energiya manbalariga o‘tishda jamoaviy sa’y-harakatlarga bog‘liq ekaniga ishonamiz” deydi USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori vazifasini bajaruvchi Edvard Mixalski.

Ta’kidlanishicha, yashil vodorod xabi konsepsiyasi qayta tiklanadigan energiya salohiyati, suv mavjudligi, toza vodorod ishlab chiqarish usullari va eksport salohiyatini baholaydi.

Mazkur ish USAIDning Markaziy Osiyoda Energiya mintaqaviy energetika loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Besh yilga mo‘ljallangan qiymati $39 million AQSH dollariga teng loyiha energetika sektori samaradorligini oshirish, toza energiya rivojlanishini jadallashtirish, mintaqaviy aloqa va transchegaraviy energiya savdosi orqali energiya xavfsizligi va barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan. 

Ma’lum qilinishicha, faqatgina ushbu loyiha orqali USAID toza energiyaga $2,2 milliard AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritgan va shu kungacha Markaziy Osiyo bo‘ylab 2241 megavatt toza energiya quvvatini o‘rnatishga hissa qo‘shgan.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh O'zbekiston Yashil vodorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made