AQSH Kreml bilan bog‘liq elitaga qarshi sanksiyalar kiritdi

Olam

image

AQSH ma’muriyati Rossiya harbiy-sanoat kompleksining xarid qilish tarmog‘iga va "Kremlga aloqador" elitaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi kecha, 14 noyabr kuni tarqatgan press-relizda aytiladi. 

“Bugun AQSH Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi Davlat departamenti bilan birgalikda Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlash uchun texnologiya qo‘lga kiritgan transmilliy tarmoqqa nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bundan tashqari, Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi moliyaviy vositachilarning global tarmog‘ini va boyliklari G‘arb bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Kremlga aloqador ikki elitaga aloqador boshqa shaxslarni qora ro‘yxatga kiritdi”, deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, 14 nafar jismoniy va 28 nafar yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgan. Sakkizta havo kemasi blokirovka qilingan mulk sifatida tan olingan. 

Mudofaa sanoat kompleksi

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning alohida yozma bayonotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar, xususan, Rossiya chip ishlab chiqaruvchi “PKK Milandr” OAJ bilan bir qatorda Armaniston, Tayvan va Shveysariyadan bo‘lgan uchta bog‘liq shirkatga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. 

Kerimov va Gurev

Shuningdek, Dog‘iston Federatsiya Kengashi a’zosi Sulaymon Kerimovning rafiqasi, qizlari, o‘g‘li va jiyani va ular bilan bog‘liq kompaniyalarga ham sanksiyalar joriy etildi.

Hujjatda, shuningdek, Moliya vazirligiga ko‘ra, Kerimovning qizlaridan birining Fransiyadagi to‘rtta riyeltorlik firmasiga rahbarlik qilgan Shveysariya fuqarosi Lorin Kats qora ro‘yxatga kiritilgani qayd etilgan. Ushbu kompaniyalarga nisbatan ham cheklovlar joriy etildi. Bundan tashqari, Maltaning biznes aviatsiyasi operatori “Imperator Aviation”, shuningdek, u bilan bog‘liq bo‘lgan sakkizta biznes-klass samolyoti ham sanksiyalar ostida qoldi. Shu bilan birga, AQSH hukumati “Imperator Aviation”ni AQSH sanksiyalari ostidagi fuqaro aviatsiyasi xavfsizligi sohasidagi Rossiya kompaniyalari ro‘yxatiga kiritdi, ular bilan ba’zi operatsiyalarga ruxsat beriladi. 

Cheklovlar yirik rossiyalik tadbirkor Andrey Gurev bilan aloqador Shveysariyaning Chlodwig va Adorabella kompaniyalariga ham kiritildi.  

"2022 yilning 2 avgustida Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi [AQSH Moliya vazirligi] Andrey Grigorevich Gurevni qora ro‘yxatga kiritdi. Bugungi kunda Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi Chlodwig Enterprises AG (Chlodwig) va Adorabella AG (Adorabella)ni qora ro‘yxatga kiritmoqda. Ular ikki Shveysariya kompaniyasi bo‘lib, A.G.Gurev va uning oilasi manfaatlarini ko‘zlab ishlaydigan ishonchli jamg‘armalar uchun aktivlarga ega”, deyiladi hujjatda.

Aniqlik kiritilishicha, Chlodwig va Adorabella’ga nisbatan cheklovlar AQSH Prezidentining 14024-sonli farmoni asosida qo‘llaniladi. 

Bundan tashqari, Vashington tomonidan tilga olingan ikki firmaga nisbatan cheklov choralari qo‘llangani AQSH Davlat kotibining yozma bayonotida aytiladi.  

“Nihoyat, AQSH Moliya vazirligi Shveysariyadagi ikkita xolding kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritmoqda, u AQSH sanksiyalari ostidagi sobiq rossiyalik senator bo‘lgan Andrey G.Gurevga aloqador”, deydi Tashqi ishlar vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing