AQSH kosmik kuchlarining yangi formasi kulgiga sabab bo‘ldi

Olam

image

Internet foydalanuvchilari AQSH kosmik kuchlarining yangi formasini baholashdi. Ko‘pchilik unga “dahshatli ravishda kulguli”, deya ta’rif berdi. Ular o‘z fikrlarini ijtimoiy tarmoqlarda qoldirishgan.

Kosmik kuchlarning yangi formasida yashil dog‘lar mavjud. Aynan mana shu jihat internet foydalanuvchilari orasida eng ko‘p kulgiga va e’tirozga sabab bo‘ldi. Ba’zilar yangi forma o‘rmonchilar uchun ko‘proq mos kelishini aytishdi. Boshqalar nima uchun kosmosda kamuflyaj zarurligiga tushuna olishmayotganini ta’kidlashdi. Qolganlar bunday forma yordamida turli vaziyatlardan chiqib ketish mumkin deyishdi. Masalan, sharh qoldirganlardan birining fikricha, amerikaliklar ushbu uniforma bilan “Yulduzlar jangi”dagi filmidagi evoklar irqi hujumidan yashirinishlari mumkin.

“Ochiq fazoda kulgili ekanligingizni hech kim eshitmaydi... Avvaliga, bu hazil bo‘lsa kerak deb o‘yladim... Men ko‘rgan eng ahmoqona narsa bu — kosmosdagi kamuflyaj bo‘lsa kerak”, deb yozilgan sharhning so‘ngida.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Kosmos

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing