AQSH koronavirusning ikkinchi to‘lqinini qabul qilib oladi – OAV
Olam
−
22 aprel 2020
4489Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi rahbari Robert Redfildning aytishicha, mamlakatda COVID-19 ning ikkinchi to‘lqini gripp epidemiyasining boshlanishiga to‘g‘ri kelgani sababli hozirgi holatdan yomonroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Washington Post” xabar bermoqda.
Redfild kelayotgan qishda AQSHda koronavirusning ikkinchi to‘lqini bo‘lishini bashorat qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida ikkita nafas olish kasalligining tarqalishi sog‘liqni saqlash tizimining “aqlga sig‘maydigan yuk” ostida qolishiga olib keladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga 819 164 nafar odam chalindi. 82 973 bemor shifo topgan bo‘lsa, 45 340 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi