AQSH Kongressining yangi tarkibi rasman ishga kirishdi

Olam

image

Kecha, 3 yanvardan boshlab AQSHda mamlakat Kongressining yangi tarkibi rasman ishga kirishdi. Bu haqda CNN xabar bergan. 

Qayd etilishicha, hozircha Senat ustidan nazorat o‘rnatilmagan. 

Rasmiy ravishda 117-Kongress deb atalgan Kongressning yangi a’zolari AQSHda 2020 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda saylangan. 

Manbaga ko‘ra, AQSH Vakillar palatasi allaqachon o‘zining birinchi sessiyasini ham o‘tkazdi va o‘ziga spiker sayladi. Vakillar palatasida Demokratik partiya a’zolari ko‘pchilikni saqlab qolgan, ammo respublikachilar bu farqni yopishga muvaffaq bo‘lgan, ya’ni, 222 nafar demokratlar Respublikachilar partiyasining 221 nafar a’zolariga qarshi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 2020 yilning noyabr oyida Prezident saylovi ham bo‘lib o‘tdi. Unda g‘oliblikni Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden qo‘lga kiritdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u 306 ta saylovchi kollegiyalar ovozini, Tramp esa 232 ta ovoz olgan. G‘olib bo‘lish uchun 270 ovoz yetarli edi.

Keyinchalik Jo Baydenning rasman AQSH Prezidenti etib saylangani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing