AQSH Kongressining Vakillar palatasiga yangi spiker saylandi

Olam

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasi ovoz berishning 15-urinishidan so‘ng respublikachi Kevin Makkartini yangi spiker sifatida sayladi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Amerikaning barcha yetakchi telekanallarida namoyish etilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Makkartiga 216 nafar kishi ovoz berdi. Uning asosiy raqibi demokrat Hakim Jeffris 211 kongressmenning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi. Olti nafar qonun chiqaruvchi hech kimga ovoz bermadi.

Saylovdagi g‘alaba orqali endi respublikachilar partiyasi AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining kun tartibiga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda 100 yil ichida Vakillar palatasi spikeri saylovi bitta bosqichdan ko‘proq davom etdi. So‘nggi marta 1923 yilda respublikachilar birinchi urinishda Vakillar palatasi spikerini saylay olmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSH Makkartni

Baholaganlar

2

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing