AQSH Kongressi koronavirusga qarshi birinchilardan bo‘lib emlanadi

Olam

image

AQSH kongressmenlari koronavirusning yangi turiga qarshi vaksinani birinchi partiyadan boshlab olishlari mumkin. Bu haqda kongressning bosh tibbiyot xodimi Brayan Monaxan ma’lumot bergan

"Oq Uy Milliy xavfsizlik kengashi Kongressga ma’lum miqdordagi COVID-19 vaksinasi berilishi to‘g‘risida xabar berdi", degan Monaxan. 

Qayd etilishicha, Kongressga ajratilgan vaksinaning dozasi miqdori va emlashning boshlanish vaqti haqida ma’lumot berilmagan. 

Avvalroq, AQSHda Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasidan favqulodda foydalanish ma’qullangandi. 14 dekabrdan mamlakatda ommaviy emlash boshlangan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 17,2 mln holat qayd etilgan. 311 mingdan ko‘p bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kongress

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing