AQSH Kongressi 858 milliard dollarlik mudofaa byudjetini qabul qildi

Olam

image

Kecha, 15 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Senati 2023 yil uchun mo‘ljallangan mamlakatning 858 milliard dollarlik mudofaa byudjeti loyihasini ma’qulladi. Yig‘ilish C-SPAN telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Hujjatni 83 nafar senator qo‘llab-quvvatladi, 11 nafari qarshi chiqdi. Avvalroq bu loyiha AQSH Kongressi Vakillar palatasi tomonidan ham ma’qullangan edi. Endi u imzolash uchun Prezident Jo Baydenga yuboriladi.

Loyihaga ko‘ra, amerikalik askarlarning maoshi 4,6 foizga oshiriladi. Amerika Qurolli kuchlari uchun qurol-yarog‘, kemalar va samolyotlar sotib olinadi. Shuningdek, Rossiya bosqiniga qarshi kurashayotgan Ukrainaga ham harbiy yordam beriladi. Qolaversa, Xitoyning bosimiga qarshi turish uchun Tayvanga ham yordam ajratiladi.

Ta’kidlash kerakki, bu yilgi byudjet loyihasi Jo Bayden taklif qilganidan 45 milliardga ko‘proqdir.

Ma’lumot uchun, AQSH Kongressi 1961 yildan beri mudofaa byudjeti loyihasini qabul qilib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing