AQSH Kongressi 2024 yilgi mudofaa xarajatlarida ham Ukrainani unutmadi

Olam

image

AQSH Kongressining Vakillar palatasi 2024 moliya yili uchun 886,3 milliard dollarlik mudofaa xarajatlari, jumladan, Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “The Hill” xabar berdi.

Bugun, 14 iyul kuni taxminan 1,2 ming sahifali ushbu hujjat bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tgan. Uni 219 kongressmen yoqlab, 210 nafari qarshi ovoz bergan.

Qonun loyihasi, jumladan, Kiyev uchun ATACMS operativ-taktik raketa tizimlari uchun 80 million dollar ajratishni nazarda tutadi.

Kongressmenlar, shuningdek, Xavfsizlik tashabbusi doirasida Ukrainaga 300 million dollar yordam yuborish niyatida. Bu biron bir asbob-uskunalar va vositalarni bevosita Pentagon zaxiralaridan taqdim etishni emas, balki AQSH Mudofaa vazirligi ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish orqali harid qilishini nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kongressi mudofaa xarajatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing