AQSH KXDR bilan muloqot qilish shartini aytdi

Olam

image

Agar zarur sharoitlar yaratilsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan davlatlar rahbarlari darajasida uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Lekin hozir, bunday sharoitlar mavjud emas. Bu haqda AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild ma’lum qildi.  

“AQSH biz Shimoliy Koreya bilan hech qanday shartlarsiz uchrashmoqchi ekanligimizni ochiq aytdi. Lekin Prezidentimiz bilan uchrashishdan oldin nimaga erishishimiz mumkinligini yaxshiroq tushunishimiz kerak”, deydi Tomas-Grinfild. 

Agar shimoliy koreyaliklar aloqaga chiqsa, Bayden uchrashishni rad etadimi, degan savolga doimiy vakil “agar sharoit yaratilsa, biz buni albatta ko‘rib chiqamiz”, degan. 

“Ammo hozir biz ularni hech qanday muzokaralar uchun diplomatik stolga qo‘ya olmaydigan vaziyatga tushib qoldik”, degan Tomas-Grinfild. 

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 4 fevral kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyaning oxirgi ballistik raketani uchirgani munosabati bilan yopiq yig‘ilish o‘tkazgan. 

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 30 yanvar kuni o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketani sinovdan o‘tkazganini tasdiqladi. Ushbu ishga tushirish yil boshidan beri yettinchisi bo‘ldi.  

Bundan oldin, KXDR 28 yanvar kuni Koreya yarimorolining sharqiy qirg‘oqlarida so‘nggi bir oy ichidagi 6-raketani sinovdan o‘tkazgandi.  

26 yanvar kuni Shimoliy Koreya dengizga “kruiz raketalar”ni uchirgan. 18 yanvar kuni “taktik yo‘naltirilgan raketalar”ni ham sinovdan o‘tkazgan. Joriy yilning 5-11 yanvar kunlari KXDR gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa, 14 yanvar kuni poyezd vagoniga o‘rnatilgan qisqa masofali ballistik raketalarni uchirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh KXDR

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing