AQSH KXDR bilan “aloqador” xakerlar guruhini sanksiya bilan “siyladi”

Olam

image

So‘nggi paytlarda Rossiyaga qarshi tinimsiz sanksiyalar joriy etayotgan AQSH kecha, 14 aprel kuni Shimoliy Koreya bilan bog‘liq deb hisoblagan Lazarus hakerlar guruhini sanksiyalar bilan “siyladi”. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi ma’lum qildi. 

“Moliya vazirligi sanksiyalar ro‘yxatiga Lazarus Group’ga tegishli raqamli valyuta hamyon raqamini qo‘shdi”, deyiladi xabarda. 

Moliya vazirligi veb-saytidagi tegishli xabarnomada raqamli hamyonning raqami ko‘rsatilgan, shuningdek, guruh Pxenyanda joylashgani da’vo qilingan.

O‘z navbatida, AQSH Federal qidiruv byurosi 14 aprel kuni xabar e’lon qilgan. Unda Lazarus Group, shuningdek, yana bir xakerlik guruhi APT3 620 million dollar miqdoridagi Ethereum kriptovalyutasini o‘g‘irlanishiga aloqadorligi haqida xabar bergan. 

“Tergovimiz davomida 29 mart kuni xabar qilingan 620 million dollarlik Ethereum o‘g‘irlanishi uchun KXDR bilan aloqasi bo‘lgan kibermakondagi tashkilotlar Lazarus Group va APT3 mas’ul ekanini tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldik. Shimoliy Koreyaning rejimga foyda keltirish maqsadida kiberjinoyat va kriptovalyutalarni o‘g‘irlashni o‘z ichiga olgan noqonuniy faoliyatdan foydalanishini fosh etish va unga qarshi kurash davom ettiriladi”, deyilgan xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida Lazarus Group’ning o‘ziga qarshi AQSH rasmiylari 2019 yil sentyabr oyida sanksiyalar kiritgan. Aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar raketa uchirilishlari, jumladan, Lazarus Group’ga qarshi xalqaro sanksiyalar tufayli KXDRga qarshi yangi cheklovchi choralar qo‘llamoqchi. Rezolyutsiya loyihasida KXDRga neft eksportini ikki baravar qisqartirish, shuningdek, u yerga tamaki mahsulotlarini olib kirishni taqiqlash ham nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh KXDR

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing