AQSH Kiyevga Putin bilan gaplashish oldidan real pozitsiya olishni tavsiya qildi
Olam
−
14 noyabr 2022
4616AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Ukraina rahbariyatiga Rossiya bilan muzokaralar oldidan olinishi kerak bo‘lgan real pozitsiya haqida o‘ylashni taklif qildi. Bu haqda kecha, 13 noyabr kuni “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularga ko‘ra, Sallivan 4 noyabr kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida [Ukraina Prezidenti Vladimir] Zelenskiy jamoasiga muzokaralar uchun real talablar va ustuvorliklar haqida o‘ylashni boshlashni tavsiya qilgan. Nashrning yozishicha, gap, xususan, Kiyevning Qrim maqomi borasidagi pozitsiyasi haqida bormoqda.
Avvalroq” Politico” gazetasi o‘z manbalariga tayanib, AQSH ma’muriyati Ukraina Prezidentini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish mumkin emasligi haqidagi bandni muloqotni boshlash shartlari ro‘yxatidan chiqarib tashlashga undagani haqida xabar bergan edi. Nashr ta’kidlaganidek, pozitsiyaning o‘zgarishi AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining yumshoq turtkisi bilan bevosita bog‘liq.
Zelenskiy 4 oktyabr kuni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan muzokara olib borish mumkin emasligi haqidagi qarorini ijro etdi. O‘z navbatida, 31 oktyabr kuni Rossiya yetakchisi, agar Zelenskiyning istagi bo‘lmasa, Ukraina bilan hech qanday kelishuvni muhokama qilish imkoniyatini ko‘rmayotganiniaytdi. Biroq, Putin ta’kidlaganidek, Moskvaning muzokaralar uchun yaxshi niyati ma’lum va o‘zgarmasdir. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti kelishuvlarga erishish uchun muzokaralar stoliga o‘tirib, muzokaralar olib borish zarurligiga e’tibor qaratdi.
LiveBarchasi