AQSH xorijliklarga siyosiy boshpana berishni to‘liq to‘xtatmoqchi
Olam
−
25 iyun 1015 1 daqiqa
AQSH Oliy sudi Prezident Donald Tramp ma’muriyatining Gaiti va Suriyadan kelgan minglab muhojirlarni huquqiy himoyadan mahrum etish to‘g‘risidagi iltimosini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 25 iyun kuni Oliy sud 6 ta qarshi 3 ovoz bilan Tramp ma’muriyati foydasiga qaror chiqargan. Bu qaror taxminan 350 ming nafar gaitilik va 6 ming nafar suriyalikning vaqtinchalik himoya maqomini bekor qilish rejasini davom ettirishga imkon beradi. Oqibatda ushbu shaxslar deportatsiya qilinishi mumkin.
Telekanalning ta’kidlashicha, mazkur qaror Tramp ma’muriyatining boshqa davlatlar fuqarolari uchun ham shunga o‘xshash himoya choralarini bekor qilish harakatlarini jadallashtirishi mumkin.
TASS’ning xabar berishicha, sud qarori ortidan Oq uy apparati rahbari o‘rinbosari Stiven Miller AQSH amalda siyosiy boshpana so‘rab murojaat qiluvchi xorijliklarni qabul qilishni deyarli to‘xtatayotganini bildirgan.
“Shu tariqa, Amerika eshiklari siyosiy boshpana izlovchilar uchun to‘liq yopiladi. Biz shunday kelishuvlarga erishdikki, agar siz siyosiy boshpana so‘rasangiz, sizni qabul qiladigan boshqa bir davlatni topamiz. Bu juda oddiy, juda samarali va to‘liq yechim”, degan Miller.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashington federal sudi AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan 2025 yil noyabrida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga qilingan hujumdan so‘ng joriy etilgan immigratsiya cheklovlarini bekor qilgandi.
Live
Barchasi