AQSH Xitoyga qarshi kurashishda Osiyo davlatlaridan foydalanmoqchi – “Bloomberg”

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Xitoyga qarshi kurashish uchun bir qancha Osiyo davlatlari bilan razvedka sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu haqda amerikalik rasmiylarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti ma’muriyati Osiyoda bir nechta alohida, ammo bir-biriga o‘xshash hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirmoqda. Bu tarmoq QUAD guruhi (Avstraliya, Hindiston, Yaponiya va Qo‘shma Shtatlarni birlashtirgan to‘rt tomonlama xavfsizlik dialogi) bilan razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha kelishuvni, AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlikni, shuningdek, AQSH, Yaponiya va Filippin o‘rtasidagi hamkorlikni o‘z ichiga oladi. 

Manbaga ko‘ra, AQSH rasmiylari "Xitoyning onlayn operatsiyalariga chidamliligini oshirish" uchun Yaponiya, Hindiston va Vetnam bilan ikki tomonlama ma’lumot almashishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Ushbu aloqalar qisman Xitoy josuslik apparatining kuchayib borayotgan ta’sirini kamaytirishga qaratilgan. 

“AQSH ma’muriyatining sa’y-harakatlari Pekin tahdididan xavotirlar kuchayib borayotgan bir paytda mintaqadagi aloqalarni chuqurlashtirishga qaratilgan kengroq dasturning bir qismidir”, deyiladi xabarda.

AQSH rasmiylarining aytishicha, Xitoyning mintaqadagi qat’iyati ortib borayotgani va ayrim davlatlarda so‘nggi paytlarda rahbariyat o‘zgargani Janubiy Koreya va Filippin kabi mamlakatlarning hamkorlik qilish istagini oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy razvedka Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing