AQSH Xitoyga bosimni kuchaytirmoqchi – OAV
Olam
−
28 iyul 3067 1 daqiqa
AQSHning demokratlar va respublikachilar partiyasidan bo‘lgan bir guruh senatorlari shu hafta Xitoyga nisbatan bosimni kuchaytirishga qaratilgan uchta qonun loyihasini Kongressga taqdim etadi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Qonun loyihalarining mazmuni quyidagicha:
- Uyg‘urlarni majburan deportatsiya qilishda ishtirok etgan Xitoy amaldagi va sobiq amaldorlariga AQSHga kirishni taqiqlash. Ular “inson huquqlarini buzishda” ayblanmoqda.
- Tayvan bilan diplomatik aloqalarni saqlayotgan Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi mamlakatlarga ko‘mak berish. Qonun loyihasida Taybey bilan hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha choralar nazarda tutilgan.
- Xalqaro repressiyalarga qarshi kurashishga qaratilgan hujjat. Bu Xitoy hukumatining xorijdagi tanqidchilariga bosim o‘tkazishi bilan bog‘liq tahdidlarni jilovlashni maqsad qiladi.
Shuningdek, agentlikning qo‘shimcha qilishicha, AQSH va Xitoy kelasi hafta Stokgolmda amaldagi savdo bitimlarini uzaytirish masalasida muzokaralar o‘tkazadi. Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti Donald Trampning savdo masalalariga urg‘u berayotgani Kongressdagi “qattiqqo‘l” senatorlar – ya’ni “xavfsizlik tarafdorlari” orasida xavotir uyg‘otmoqda. Ular xavfsizlik masalalari chetga surilib, faqat iqtisodiy manfaatlar ko‘zda tutilayotganidan norozi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi saylovoldi tadbirlari chog‘ida AQSH Prezidenti Donald Tramp homiylarga Xitoy Tayvanga bostirib kirsa, AQSH “Pekinni bombardimon qilishi” bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi