AQSH Xitoydagi musulmonlar huquqlari haqida qayg‘urib, Yaqin Sharqda ularni o‘ldiradi – Van I

Olam

image

AQSH Xitoydagi musulmonlarning huquqlari bo‘yicha tashvish bildirish bilan birga, Yaqin Sharqda urushlar keltirib chiqarmoqda va bu orqali ko‘plab musulmonlarning o‘lishiga sabab bo‘lyapti.  Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Nyu-Yorkda bir qator davlatlar Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 24 sentyabr kuni Jenevada Inson huquqlari bo‘yicha BMTning Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida AQSH va bir nechta boshqa davlatlar Shinjon masalasi munozarasida Xitoydagi inson huquqlari ahvolini tanqid qilgan.

“Hammada savol tug‘iladi: nega AQSH musulmonlar huquqlariga shunchalik qayg‘urib, Yaqin Sharqda urushlarni keltirib chiqaradi, bu mas’uliyatsizlik esa musulmonlar orasida katta qurbonliklarga olib keladi?” dedi u.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri AQSHning bunday harakatlari “ikkilamchi standartlarni” yana bir bor namoyish etganini ta’kidladi va nega AQSH arab xalqlariga nisbatan tarixiy nohaqlikka ko‘z yumyotganini va Falastinning BMTda to‘liq huquqli a’zoligini qo‘llamasligini savol ostiga qo‘ydi.

“Nega ular G‘azo sektorida doimiy tinchlik o‘rnatish va Isroil qo‘shinlarini to‘liq olib chiqishda yetarli rol o‘ynamaydi?" dedi Van I.

Xitoy diplomati musulmon davlatlar Pekinni keng qo‘llab-quvvatlayotganini hamda AQSH va uning ba’zi ittifoqchilari Xitoy va rivojlanayotgan mamlakatlar ichki ishlariga aralashishiga urinishining tobora ommalashayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Van I G‘arb davlatlari inson huquqlarini buzishiga misollar yaqin o‘tmishda ham mavjudligini ma’lum qildi.

“Ularning bizga yuqoridan aql o‘rgatishga haqqi yo‘q. G‘arbning tuhmat kampaniyasi muvaffaqiyat qozonmaydi. Biz boshqa davlatlar bilan inson huquqlari bo‘yicha teng ravishda hamkorlik qilishga tayyormiz. Xitoy eshiklari butun dunyo uchun ochiq, biz barcha davlatlardan do‘stlarni Xitoyga taklif qilamiz”, dedi u.

Ma’lumot uchun, AQSH Xitoy hukumatini Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududida islom diniga e’tiqod qiluvchi uyg‘urlarni qirg‘in qilish va inson huquqlarini buzish bilan ayblaydi. Shu asosda, 2021 yil 23 dekabrda Amerika Qo‘shma Shtatlarida ushbu hududdan tovarlar importiga cheklovlar hamda majburiy mehnat bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar ustidan sanksiyalar kiritadigan qonun kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 sentyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 79-sessiyasidagi nutqida Turkiy davlatlar tashkiloti Xitoy bilan uyg‘urlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muloqot olib borayotganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy musulmonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made