AQSH Xitoy va Rossiya hamkorligidan xavotirda

Olam

image

Vashington Moskva va Pekin eng yuqori darajada hamkorlik qilayotganidan xavotir bildirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.  

“[Ular] bizga zarar yetkazish uchun harakat qilmoqda”, degan AQSH ma’muriyati rasmiysi jurnalistlarga. 

Amerika rasmiysiga ko‘ra, gap Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi yaqinlashish kuchayib borayotgani haqida ketmoqda hamda ikki davlat rahbarlari Vladimir Putin va Si Szinpinning yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi Pekin Moskvaning Kiyevga qarshi harakatlarini qonuniy deb bilishidan dalolat beradi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 4 fevral kuni Putin Pekindagi Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etdi. Shu kuni u Si Szinpin bilan uchrashdi. Bu Rossiya Prezidentining koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi tashrifi bo‘ldi.

Muzokaralar chog‘ida Moskva va Pekinning yangi davrga qadam qo‘yayotgan xalqaro munosabatlar va global barqaror rivojlanish bo‘yicha qo‘shma bayonoti qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

673

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing