AQSH Xitoy bilan urushishni istamaydi – Sallivan

Olam

image

AQSH so‘nggi to‘rt yil ichida Xitoy bilan strategik raqobatdagi o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, eskalatsiyanining oldini olib, ikki tomonlama munosabatlarda barqarorlikni saqlab qolishga erishdi va bu mamlakat bilan urushishni istamaydi. Bu haqda AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan “Bloomberg”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Amerikaliklar istagan oxirgi narsa – yadroviy kuch bilan keng ko‘lamli urush. Biz bu raqobatda o‘z pozitsiyamizni mustahkamlay oldik va shu bilan birga munosabatlarni barqarorlashtirib, ularning mojaroga aylanib ketishining oldini oldik. Buni ham shubhasiz muvaffaqiyat deb hisoblash mumkin”, dedi u.

Sallivan, shuningdek, Jo Bayden Prezidentligi davrida AQSH Xitoyga qarshi o‘z pozitsiyasini yaxshilaganini qo‘shimcha qildi.

“Bu hech qanday solishtirishga yaramaydi. Bugungi kunda AQSH to‘rt yil oldinga nisbatan ancha kuchli pozitsiyada. Bu bizning strategiyamizning aniq muvaffaqiyatini ko‘rsatadi”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ketlin Xiks AQSH Xitoy bilan strategik raqobatda sovet blokiga qarshi sovuq urush davrida qo‘llanilgan taktikani ishlatib g‘alaba qozona olmasligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Jeyk Sallivan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing