AQSH Xitoy bilan urushga tayyorlanmoqda – NYT
Olam
−
30 Oktabr
6421AQSH Qurolli kuchlari Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda. Bu haqda “New York Times” xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, AQSH prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Kamola Harrisning pozitsiyasi Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolar bo‘yicha farq qiladi, ammo noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, “AQSH Xitoy bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishda davom etaveradi”.
“AQSH armiyasi o‘zini va yuz minglab yigit-qizlarni yana bir urushga tayyorlamoqda. Harbiylar Ukrainaning Rossiyaga qarshi janglarini kuzatish natijasida to‘plangan yangi manyovrlar ustida ishlayapti”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Xitoy va AQSH kabi yadroviy qurolga ega bo‘lgan yirik davlatlarning mojarosi xavfli bo‘ladi. Bu AQSH harbiylari orasida yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Tayvanning o‘ziga xos mudofaa tizimlari mavjud bo‘lsada, harbiy mutaxassislar orol AQSHning yordamisiz Xitoyning potensial hujumini qaytarishi mumkin emas deb baholaydi.
Gazetaning ta’kidlashicha, AQSH harbiylari allaqachon Yaponiyada joylashgan bo‘lib, u yerda taxminan 54 ming kishi, Janubiy Koreyada esa 25 ming kishi bor. Ularning bir qismi Filippinda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tayvan Mudofaa vazirligi AQSH hukumati bilan Xitoyning mumkin bo‘lgan hujumini oldini olish maqsadida mingta jangovar dron sotib olishga imkon beruvchi kelishuv imzolagandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
30 Oktabr