AQSH Xalqaro jinoiy sud Isroilni tergov qilishiga qarshi chiqdi
Olam
−
30 aprel
4140Vashington Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Isroilning boshqa yuqori martabali amaldorlarini hibsga olishga order berishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi. Bu haqda kecha, 29 aprel kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per bayonot berdi.
Uning aytishicha, AQSH tergovni qo‘llab-quvvatlamaydi, chunki Vashingtonning Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud bunday yurisdiksiyaga ega emasligiga ishonchi komil.
“Axios” portalining manbalariga tayanib xabar qilishicha, AQSH Kongressining Demokratik va Respublikachilar partiyasi vakillari XJSni Isroilning yuqori martabali amaldorlarini hibsga olish uchun order berish ehtimoli AQSH tomonidan javob choralari bilan kutib olinishidan ogohlantirmoqda.
Qayd etilishicha, tayyorlanayotgan qonun loyihasi ijro hokimiyatini XJS tomonidan hibsga olishga order berilganiga munosabat bildirishga majbur qiladi. Demokratlar va respublikachilar sudning Isroilga nisbatan tergov olib borishiga qarshi chiqdi.
Manbaga ko‘ra, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Jo Baydendan XJS orderlari chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil OAVlari Netanyaxu XJS uni, shuningdek, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant va Bosh shtab boshlig‘i Gerzi Halevini hibsga olish uchun order berishidan qo‘rqayotgani haqida xabar qilgan edi. Isroil televideniyesining 12-kanalining Gaagadagi manbalari hibsga olish bo‘yicha order AQSH sanksiyasisiz amalga oshmasligini ta’kidladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr