AQSH xalqaro qurol nazorati buzilishida aybdor – Shimoliy Koreya

Olam

image

Bugun, 4 mart kuni Shimoliy Koreya AQSHni xalqaro qurol nazorati tizimlarining qulashida aybladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, KXDR Tashqi ishlar vazirligi Pxenyanning yadro quroli mintaqadagi kuchlar muvozanatini ta’minlash uchun adolatli javob bo‘lishini aytgan. AQSH va uning ittifoqchilari esa bu borada Shimoliy Koreyaga qarshi kurashib keladi.

“Koreya yarim oroli Qo‘shma Shtatlar va uning izdoshlari tomonidan olib borilayotgan harbiy kengayish sxemasi tufayli dunyodagi eng katta urush amaliyoti maydoniga aylanmoqda”, deyiladi Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi sharhida.

Shuningdek, vazirlik Janubiy Koreya va Yaponiyaning so‘nggi harakatlari AQSHning xavf chizig‘ini kesib o‘tayotganiga ishora ekanini, bunga esa KXDR toqat qilmasligini bildirgan.

Ta’kidlash joizki, Pxenyanning yuqoridagi sharhlari AQSH va Janubiy Koreyaning mudofaa pozitsiyasini mustahkamlash uchun 13-23 mart kunlari keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirganini e’lon qilgandan so‘ng yangragan. Shimoliy Koreyaning ta’kidlashicha, bunday qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar AQSH va uning ittifoqchilari shimolda rejim o‘zgarishiga intilishining isbotidir.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon to‘rtta “Xvasal-2” strategik qanotli raketalarni uchirgandi. Pxenyan tahdidi fonida AQSH va Yaponiya qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing