AQSH Karib dengizida yana bir kemani yo‘q qildi (video)
Olam
−
05 dekabr 2025 3600 1 daqiqa
AQSHning Southern Spear qo‘shma operativ guruhi Tinch okeanida narkotik tashiyotgan yana bir kemaga hujum uyushtirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Southern Spear’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berildi.
Janubiy qo‘mondonlik ma’lumotiga ko‘ra, hujum kecha, 4 dekabr kuni Mudofaa vaziri Pit Hegset buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. Razvedka kemaning narkotrafik uchun mashhur yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotganini tasdiqlagan. Hujum oqibatida kemadagi “to‘rt nafar narkoterrorchi” o‘ldirilgani bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyi o‘rtalarida AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela yaqinida narkotik tashiyotgan kema yo‘q qilingani haqida xabar bergan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, u AQSHga yo‘l olgan yirik suvosti kemasi ham yo‘q qilinganini aytdi.
Keyinchalik Mudofaa vaziri Hegset Karib dengizida yana bir “narkoterrorchilar kemasi”ga zarba berilgani haqida ma’lum qildi va narkotrafik bilan shug‘ullanuvchilarga ogohlantirish berdi. Noyabr oyi o‘rtalarida esa AQSHning aviatsiya zarba guruhi Karib dengiziga kirgani, bortda 4 ming harbiy xizmatchi va o‘nlab taktik samolyotlar borligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi