AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishini tekshirish buyurildi

Olam

image

AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset 2021 yilda amerikalik qo‘shinlarning Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi holatlarini tekshirish bo‘yicha komissiya tuzishni buyurdi. Bu haqda Pentagon rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan hujjatda aytiladi. 

“Oxirgi uch oy davomida vazirlik qurolli kuchlarimiz tarixidagi ushbu halokatli voqealarni ko‘rib chiqdi. Men bu voqealar uchun javobgarlikni ta’minlash va Amerika xalqiga to‘liq tasavvurni taqdim etish uchun keng qamrovli tergov o‘tkazishimiz kerak, degan xulosaga keldim”, deyiladi eslatmada. 

Xegset 2021 yil 26 avgust kuni Qobul aeroportida sodir etilgan teraktda 13 nafar harbiy xizmatchi va 170 nafar tinch aholi halok bo‘lganini eslatgan. Uning bildirishicha, maxsus komissiya oldingi tekshiruvlar doirasida tuzilgan hisobotlarni o‘rganishi va AQSH tarixidagi eng qorong‘u va eng halokatli daqiqalardan biriga olib kelgan qaror qabul qilish jarayonini tahlil qilishi kerak. 

2021 yil 14 aprelda AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondagi operatsiyani to‘xtatishga qaror qilganini e’lon qildi, bu Amerika tarixidagi xorijdagi eng uzoq harbiy kampaniyaga aylandi. Qo‘shma Shtatlar bu urushni 2001 yilning oktyabr oyida boshlagan. 2010-2013 yillardagi amaliyot cho‘qqisida Afg‘onistondagi G‘arb kuchlari soni 150 ming kishidan oshdi. Amerika qo‘shinlarini olib chiqish 2021 yil may oyida start olgan. 

Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarini olib chiqish niyatini e’lon qilganidan so‘ng, “Tolibon” harakati Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha yirik operatsiyani boshladi. 2021 yil 15 avgust kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani xorijga qochib ketdi va “Tolibon” jangsiz Qobulga kirdi. 2021 yil sentyabr oyi boshida AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonni butunlay tark etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing