AQSH qo‘shinlari Iroqni tark etadi
Olam
−
28 Sentabr
3472AQSH va Iroq 2025 yil sentyabrigacha ISHIDga qarshi kurash olib borayotgan xalqaro koalitsiya missiyasini tugatishga kelishib oldi. Bu haqda ikki davlat hukumatlarining tegishli bayonotida so‘z boradi.
Hujjutga ko‘ra, Vashington va Bag‘dod xavfsizlik sohasida ikki tomonlama sheriklikka o‘tadi. Bu Iroq kuchlarini qo‘llab-quvvatlash va terrorchilik guruhlariga bosimni saqlab turish maqsadida amalga oshiriladi.
"Iroq koalitsiyaga qo‘llab-quvvatlash va yordam uchun minnatdorchilik bildiradi, bu Iroq xavfsizlik kuchlariga umumiy tahdidga qarshi kurashish va Iroqda ISHIDning hududiy mag‘lubiyatini ta’minlashda yordam berdi", deyiladi bayonotda.
Shuningdek, koalitsiya mintaqada va butun dunyoda terrorchilik guruhlariga qarshi kurashishda davom etishi ta’kidlangan.
“Iroq koalitsiyaning asosiy a’zosi bo‘lgani uchun uning Suriyadagi harbiy missiyasi 2026 yil sentyabrigacha davom etadi", deya ma’lum qildi AQSH Davlat departamenti.
Ma’lumot uchun, AQSH qo‘shinlari birinchi marta 2003 yilda Saddam Husaynga qarshi kurash davomida Iroqqa kiritilgan edi. 2011 yilda rasman jangovor harakatlar tugatilgandan so‘ng, Iroqda xususiy harbiy kompaniyalar vakillari qolgan. 2014 yilda arab davlati hukumati mamlakatning uchdan bir qismini egallab olgan ISHIDga qarshi kurash boshladi. AQSH qo‘shinlarini o‘z ichiga olgan xalqaro koalitsiya mazkur operatsiyada qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar Afrika davlati rasmiylari talablariga muvofiq Nigerdan qo‘shinlarini o‘z vaqtida olib chiqqandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr