AQSH qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda AQSH Kosmik kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.

Jang kallagi bilan jihozlanmagan raketa 6 sentyabrga o‘tar kechasi Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan uchirilgan.

Uchirishga rahbarlik qilgan polkovnik Brayan Titusning so‘zlariga ko‘ra, bu sinovlar AQSH yadroviy kuchlarining tayyorligini ko‘rsatadi va milliy yadroviy to‘xtatuvchi vosita samaradorligiga ishonch uyg‘otadi.

Pentagon matbuot kotibi Pat Rayderning qayd etishicha, raketa sinovi muntazam, bir necha yil avval rejalashtirilgan.

Shuningdek, harbiylar Qo‘shma Shtatlar ikki tomonlama kelishuvlarga muvofiq, bo‘lajak uchirish haqida Rossiyani oldindan xabardor qilganini qo‘shimcha qilgan.

Minuteman III  – 1970 yildan beri AQSH armiyasida xizmat qilib kelayotgan qit’alararo ballistik raketa. Raketaning uchish masofasi taxminan 9,5 ming kilometrni tashkil qiladi. Ushbu raketaning so‘nggi sinovlari 2023 yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan, uchirish ham Vandenberg bazasidan qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh ballistik raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made